Trusted partner in corporate finance and credit advisory. Join us now
Mon - Friday from 9:00 - 18:00

Search blog, projects, service or people.

we are committed to delivering innovative solutions that drive growth and add value to our clients. With a team of experienced professionals and a passion for excellence.
Drag

Sherzod Komilov

Hello, Sherzod Komilov

ESG/SDG bo'yicha katta mutaxassis

Sherzod Komilov yuqori malakali moliya mutaxassisi bo‘lib, olti yil davomida xususiy sektor, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Uning tajribasiga qarzlarni boshqarish (xalqaro va mahalliy obligatsiyalar chiqarish), investorlar bilan aloqalar, audit va barqaror rivojlanishni moliyalashtirish kiradi. Uning O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik departamentida kichik mutaxassis sifatidagi ish tajribasi xalqaro moliya va loyihalarni boshqarish sohasida mustahkam poydevor yaratib, jahon moliya tizimlari va rivojlanish tashabbuslari haqidagi tushunchasini oshirdi. Ushbu tajriba asosida, Sherzod “Deloitte & Touche” MChJga o‘tib, qisqa muddatda Katta auditor lavozimiga ko‘tarildi. Uning Deloitte kompaniyasidagi faoliyati uning tahliliy va muammolarni hal qilish ko’nikmalarini yanada oshirib, unga moliyaviy muvofiqlik va operatsion sohalarni kengroq tushunishga yordam berdi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat qarzi departamentida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bu lavozimda u mahalliy obligatsiyalar bozorini rivojlantirish, xalqaro obligatsiyalar chiqarishni muvofiqlashtirish va emissiyadan keyingi hisobotlarni tayyorlashda muhim rol o'ynagan. Sherzod Londonning Brunel universitetida Buxgalteriya hisobi va moliya bo‘yicha birinchi darajali bakalavr diplomiga ega bo‘lib, ACCA sertifikatini olish yo’lida. Ingliz, rus va o‘zbek tillarini biladi.

Receive the latest business news, tips & updates via email

Let’s talk business?

Follow Us: